ilmli

Jahonmerosi

JAHON ILM-FANI RIVOJIGA ULKAN HISSA QO‘SHGAN MUTAFAKKIRLARIMIZNING ILMIY-MAʼRIFIY MEROSI HAQIDA Qadimiy va betakror diyorimiz – O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning yuksak gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy maʼnaviy merosi umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgani dunyo jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda eʼtirof etiladi. Ulug‘ ajdodlarimizning aql-zakovati va […]

Jahonmerosi Читать далее »

Abu Nasr al-Forobiy

Abu Nasr al-Forobiy (873-950) Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, «Al-Muallim as-soniy» — «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» deb yuritilgan. Forobiy asarlarini mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) falsafaning umumiy masalalariga, yaʼni

Abu Nasr al-Forobiy Читать далее »

Muhammad Al-Farg‘oniy

Muhammad Al-Farg‘oniy (797-865) Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum») XII asrda Ovro‘poda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro‘po tillariga ham tarjima qilinganidan so‘ng, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida G‘arbda

Muhammad Al-Farg‘oniy Читать далее »

Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy (1878-1934) XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o‘lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg‘or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari ko‘p. U maktablar ochib, shaxsan o‘zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan taʼminlash ishiga katta hissa qo‘shdi.

Abdulla Avloniy Читать далее »

Mohlaroyim Nodira

Mohlaroyim Nodira (1792-1842) Mohlaroyim — Nodira XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Mohlaroyimdan bizgacha o‘zbek va fors-tojik tillarida “Komila”, “Nodira” va “Maknuna” taxalluslari bilan yaratilgan lirik asarlardan iborat katta meros yetib kelgan. Orqaga qaytish

Mohlaroyim Nodira Читать далее »

Muhammadrizo Ogahiy

Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (1809-1894) Muhammadrizo Ogahiy falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, sheʼriyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani maʼlum. Ogahiy

Muhammadrizo Ogahiy Читать далее »

Turdi Farog‘iy

Turdi Farog‘iy (XVII ASR) XVII asrda yashab ijod qilgan Turdi Farog‘iy o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan shoir va mutafakkirlardan biridir. Shoir o‘z sheʼrlarini ko‘p hollarda “Turdi” nomi, baʼzan esa “Farog‘iy” taxallusi bilan yozgan. “Farog‘” Jizzax hududidagi qishloqlardan birining nomi bo‘lish ehtimoli bor. Turdining adabiy merosi 18 sheʼrdan iborat bo‘lib, ulardan 12 tasi

Turdi Farog‘iy Читать далее »

Muhammad Haydar

Mirzo Muhammad Haydar Dug‘lot (1499-1551) Mirzo Muhammad Haydar Dug‘lot — Markaziy Osiyoning XVI asrdagi atoqli muarrixi, adibi va davlat arbobi bo‘lib, mashhur «Tarixi Rashidiy» asarining muallifi sifatida tarix sahifalaridan mustahkam o‘rin olgan. Adabiyotda ko‘pincha Mirzo Haydar ismi bilan ataladi. «Tarixi Rashidiy»ni o‘qir ekanmiz, muallif Mirzo Haydar o‘zining hayotiy-falsafiy mulohazalari, o‘z davri maʼnaviy-madaniy tushunchalari haqida so‘zlaganida

Muhammad Haydar Читать далее »

Alisher Navoiy

Alisher Navoiy (1441-1501) Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Alisher Navoiy o‘z qo‘li bilan birinchi devoni “Badoyiul-bidoya” («Badiiylik ibtidosi»)ni tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800 dan ortiq sheʼrlari

Alisher Navoiy Читать далее »

Adib Ahmad Yugnakiy

Adib Ahmad Yugnakiy (VII ASR) Turkiy adabiyotning bizga maʼlum yirik namoyandasi mashhur «Hibat ul-haqoyiq» asarining muallifi Ahmad Yugnakiy bo‘lganligini qayd etish mumkin. Ahmad Yugnakiy haqidagi maʼlumotlarni biz XV asrga oid Alisher Navoiy, Arslon xoja Tarxon va boshqalar yozib qoldirgan maʼlumot hamda shoirning o‘z yozganlaridan bilamiz. Manbalarda Ahmadning tug‘ilgan joyi Yugnak deb ataladi. Bu nomdagi qishloqlar

Adib Ahmad Yugnakiy Читать далее »