Mohlaroyim Nodira
(1792-1842)

Mohlaroyim — Nodira XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi.

Mohlaroyimdan bizgacha o‘zbek va fors-tojik tillarida “Komila”, “Nodira” va “Maknuna” taxalluslari bilan yaratilgan lirik asarlardan iborat katta meros yetib kelgan.