Turdi Farog‘iy
(XVII ASR)
XVII asrda yashab ijod qilgan Turdi Farog‘iy o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan shoir va mutafakkirlardan biridir. Shoir o‘z sheʼrlarini ko‘p hollarda “Turdi” nomi, baʼzan esa “Farog‘iy” taxallusi bilan yozgan. “Farog‘” Jizzax hududidagi qishloqlardan birining nomi bo‘lish ehtimoli bor.
Turdining adabiy merosi 18 sheʼrdan iborat bo‘lib, ulardan 12 tasi Sharq sheʼriyatining g‘azal, 5 tasi muxammas va bittasi fard turiga oiddir. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon to‘g‘risidagi mashhur hajviyani tashkil etadi. biroq shu merosi bilan ham Turdi o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidan muhim o‘rin egallagandir.
