Allomalar

Allomalarning merosi haqida

Amir Temur

Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o‘z zamonasining eng qudratli hukmdori bo‘lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy sanʼati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o‘z davrining nodir moʻjizasi edi. […]

Amir Temur Читать далее »

Bahovuddin Naqshband

Bahovuddin Naqshband (1318-1389) Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon qishlog‘ida tug‘iladi. Hazrati Bahovuddin Naqshband tomonidan asoslangan Naqshbandiya taʼlimoti Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy hayotida juda katta o‘rin egalladi. Bu taʼlimot boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo‘rlikni, ijtimoiy zulm-istibdodni qatʼiyan qoralaydi. Bu taʼlimot tarafdorlari asketizmga (tarkidunyochilikka) karshi, boy-zodagonlarning zulm va

Bahovuddin Naqshband Читать далее »

Ahmad Yassaviy

Ahmad Yassaviy (1041-1167) XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy 1041 yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. “Yassaviya” tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‘lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon sheʼriyatning ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta taʼsir ko‘rsattan “Hikmat” asarida “Yassaviya” taʼlimotidagi

Ahmad Yassaviy Читать далее »

Imom Ustrushaniy

Imom Ustrushaniy (XII ASR) Imom Ustrushaniy (Abul-Fath Muhammad ibn Mahmud ibn Husayn ibn Ahmad Majduddin al-Ustrushaniy) Jizzaxda tug‘ilgan. U XII asr oxiri va XIII asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashab, yuksak ilmiy salohiyati bilan fiqh ilmining rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustrushanalikulug‘ allomadir. Majduddin Ustrushaniy fiqh ilmi jadal rivojlangan Qoraxoniylar davrida Ustrushanada tavallud topgan, fiqh ilmidan dastlabki

Imom Ustrushaniy Читать далее »

Abduxoliq G‘ijduvoniy

Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179) Abduxoliq G‘ijduvoniy G‘ijduvon shahrida tavallud topgan. Tasavvuf va sufiylik madaniyatiga bag‘ishlab ko‘plab asarlar yozib qoldirgan. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniyning orifona o‘git va saboklari aslo eskirmaydi. G‘ijduvoniynint risolalarini, xususan, “Vasiyatnoma”, «Maqomoti Yusuf Hamadoniy» nomli asarlaridagi maʼlumotlar hanuzgacha dolzarbdir. Orqaga qaytish

Abduxoliq G‘ijduvoniy Читать далее »

Nosir Xisrav

Nosir Xisrav (1004-1088) Nosir Xisrav adabiy, ilmiy, falsafiy, hikmatiy asar va risolalarini o‘sha davr anʼanasiga ko‘ra, dariy va arab tillarida yaratdi. Bizgacha mutafakkirning ikkita sheʼrlar devoni (biri forsiy, ikkinchisi arab tilida), “Rushnoinoma”, “Saodatnoma” masnaviylari, “Zodul-musofirin”, “Xon-ul-ixvon”, «Din vajhi», «Bo‘ston ul-uqul», «Jomeʼ ul-hikmatayn» kabi maʼnaviy-diniy asarlari, to‘qson ikki falsafiy, mantiqiy savollarga javob usulida yozilgan nasriy risola

Nosir Xisrav Читать далее »

Mahmud az-Zamaxshariy

Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) Allomaning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy bo‘lib, u hijriy 467 yilning rajab oyining 27-kuni (1075 yil 19 mart) Xorazmning katta qasabalaridan biri — Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topdi. Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid elliqdan ortiq asarlar yaratgan, ularning aksariyati bizgacha

Mahmud az-Zamaxshariy Читать далее »

Yusuf Xos Hojib

Yusuf Xos Hojib (XI ASR) Yusuf Xos Hojib turkigo‘y shoir, mutafakkir, davlat arbobi. «Qutadg‘u bilig» dostoni muallifi. Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham «Qutadg‘u bilig» kitobidir. Ushbu kitobga ko‘ra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha o‘rgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshg‘ariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniy-adabiy

Yusuf Xos Hojib Читать далее »

Muhammad al-Koshg‘ariy

Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al- Koshg‘ariy (XI ASR) Mahmud Koshg‘ariy turkshunoslik ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan yirik mutafakkirdir. U Balasog‘unda tug‘ildi, shu yerda tahsil ko‘rdi. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Mahmud Koshg‘ariy ilmning turli sohalari, xususan, arab va turk tillari, fors adabiyoti bilan shug‘ullanib, ularni puxta egallagan edi. Ayniqsa, Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillarni o‘rganishdagi xizmati beqiyosdir.

Muhammad al-Koshg‘ariy Читать далее »

Abu Ali Ibn Sino

Abu Ali Ibn Sino (980-1037) Ibn Sino tarjimai holida Forobiyning «Metafizika maqsadlari», «Fusus ul-hikam» kabi muhim risolalarini qunt bilan o‘rganganligi, ulardan keng foydalanganligini taʼkidlab o‘tadi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari shaharma-shahar ko‘chib yurish, feodal urushlari, saroy to‘polonlari, turli falokatlar tufayli

Abu Ali Ibn Sino Читать далее »