Sohibqiron Amir Temur
(1336-1405)
Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan.
Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o‘z zamonasining eng qudratli hukmdori bo‘lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy sanʼati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o‘z davrining nodir moʻjizasi edi. Amir Temur qoldirib ketgan “Temur tuzuklari” bebaho tarixi manbaa hisoblanadi.
«Temur tuzuklari»ni inglizchadan fransuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda nashr etgan fransuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: «Temur xon (Temur) siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o‘z avlodlariga juda dono tizim qoldirgan».
