Qiziqarli ma'lumotlar
Jahon ilm-fani rivojiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy merosi
Buyuk allomalarimiz haqida qiziqarli faktlar va ma'lumotlar
1370 yil martida Amir Temur Samarqandga qaytib, uni o‘z davlatining poytaxti qilib, keyin qonunlarni va o‘z hokimiyati davlat tuzumini tartibga soldi.
Amir Temur
Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.
Alisher Navoiy
Beruniy sayyoralarning elliptik orbita bo‘ylab harakatlanish qoidasini matematik uslubda isbotlagan. Bu qoida 1619 yildan Yevropada "Kepler qonuni" deb atala boshlagan.
Beruniy
"Boburnoma" – Boburning tarixiy asaridir. Ushbu kitob tarixiy yozuvlarning qisqa ma’lumoti emas. Asarda Boburning faoliyati, uning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari, boy sarguzasht hayotining barcha voqealari tasvirlangan. Xozirda "Boburnoma" dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan
Bobur
Olim ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy bo‘lgan. U Notiliy qo‘lida mantiq, Handasa (Geometriya) va falakiyotni o‘rganadi va ba’zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o‘zib ketadi. Ustozi uning ilmiga yuqori baho berib, yanada chuqurroq ilm olishni tayinlaydi.
Ibn Sino
Ulug’bekning Britaniya muzeyida saqlanayotgan yashil nefritdan ishlangan piyolasida “Haq taoloning karami – marhamatiga chek – chegara yo’q” degan so’zlar yozilgan.
Mirzo Ulu'bek
Imom Buxoriy shogirdi Imom Termiziyga: “Siz mendan bahramand bo’lganingizdan ko’ra, men sizdan ko’proq bahramand bo’ldim”, deb munosib baho
bergan.
bergan.
At-Termiziy
Olim qadimgi yunon va hind olimlarining muhim ilmiy matnlarini tarjima qilgan. U Ptolemeyning kartografiya va geografiyaga oid kitoblaridan birini qayta ko‘rib chiqadi va yangilaydi.
Al Xorazmiy