Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy
(1809-1894)

Muhammadrizo Ogahiy falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, sheʼriyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani maʼlum.

Ogahiy Xorazm xorazm tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olim sifatida tanilgan. U Xiva xonligining keyingi davrlari tarixiga bag‘ishlangan bir qator asarlar yaratdi. Uning Olloqulixonga bag‘ishlangan “Riyoz ud-davla” (1844 y.), Rahimqulixon davriga bag‘ishlangan “Zubdat ut-tavorix” (1846 y.), Muhammad Aminxon davriga bag‘ishlangan “Jomeʼ — ul voqeoti Sultoniy” (1856 yil), Sayid Muhammadxon davriga bag‘ishlangan “Gulshani davlat” (1865 yil), Muhammad Rahimxon Feruz davriga bag‘ishlangan “Shohidi iqbol” (“Iqbol shohidi”) asarlarida Xiva xonligining 1813 yildan to 1874 yilgacha bo‘lgan tarixi davriy izchillikda, boy tarixiy manbalar asosida yoritib berilgan edi4. U Xiva taxtiga ketma-ket kelib ketgan sakkiz xon hukmronligi davrida yashab, harbiy yurishlar, tarixiy voqealar guvohi bo‘ldi va ularni o‘z asarlarida aks ettirdi.

Ogahiy xalq orasida lirik shoir sifatida ham mashhur edi. Uning «Taʼviz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 1872) nomli devoniga «Ashʼori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri o‘rin olgan. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta o‘rin egallagan. U o‘z zamondoshlariga insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan.