Bahovuddin Naqshband
(1318-1389)

Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon qishlog‘ida tug‘iladi.

Hazrati Bahovuddin Naqshband tomonidan asoslangan Naqshbandiya taʼlimoti Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy hayotida juda katta o‘rin egalladi. Bu taʼlimot boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo‘rlikni, ijtimoiy zulm-istibdodni qatʼiyan qoralaydi. Bu taʼlimot tarafdorlari asketizmga (tarkidunyochilikka) karshi, boy-zodagonlarning zulm va istibdodiga qarshi bo‘lganlar, faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirganlar. Naqshbandiylar savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, ilm-maʼrifat, xattotlik, naqqoshlik,  quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga daʼvat etganlar.