Ahmad Yassaviy
(1041-1167)

XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy 1041 yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan.

“Yassaviya” tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‘lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan.

XII asrdagi turkiyzabon sheʼriyatning ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta taʼsir ko‘rsattan “Hikmat” asarida “Yassaviya” taʼlimotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo‘lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or umumin-soniy qadriyatlar ifoda etilgan.