Nizomulmulk
(Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Isʼhoq at-Tusiy)
(1018-1092)
Nizomulmulk saljuqiylar davlatida vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olim bo‘lib, uning “Siyosatnoma” asari 51 bobdan iborat. Unda davlat tizimi, moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo‘shin tuzulishi, mansablar va ularga amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr yuritiladi. Asarda O‘zbekiston tarixiga oid muhim va qimmatli maʼlumotlar bor.
“Siyosatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, fransuzchasi 1893 yili, ingizchasi 1960 yili g‘amda ruschasi 1949 yili chop etilgan. Kitob o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan .
