Abu Rayxon Beruniy
(973-1048)

Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, sheʼrlar bitganligi xam maʼlum. Beruniy o‘rta asrda birinchi bo‘lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning “Farmokanaziya”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “Minerologiya”, «Maʼsud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan.

Sharqshunoslarning eng so‘ngi hisobiga ko‘ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid – 70 ta; matematikaga oid – 20 ta; geografiyageodeziyaga oid – 12 ta; kartografiyaga oid – 4 ta; iqlim va ob-havoga oid – 3 ta; mineralogiyaga oid – 3 ta; falsafaga oid – 4 ta; fizikaga oid – 1 ta; dorishunoslikka oid – 2 ta; tarix va etnografiyaga oid – 15 ta; adabiyotga oid asrlari esa 28 tadir.

Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Saydana”, “Qonuni Masʼudiy” kabi asarlari bilan ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiatshunoslik ilmlari rivojini yuqori bosqichga ko‘tardi.

Beruniyning “Osor al-boqiya” asarini 1957 yilda marhum arabshunos olim M. A. Salye birinchi marta rus tiliga tarjima qildi. Milodiy 1030 yili Beruniy “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asari yozadi. Bu asarni yozilishiga asosiy sababi Mahmud G‘aznaviy (988-1030)ning Hindistonni butunlay bosib olgani manbalarda ko‘rsatiladi. Ushbu kitob (“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan taʼlimotlarini aniqlash”) nomini anglatadi. Bu asar haqida Beruniy “Mening barcha maqsadim, qolaversa, butun qalbim, u faqat bilim tarqatishga yo‘naltirilgandir, men ilm olib bahrlanish davridan o‘tib bo‘ldim va endi ilm tarqatishni o‘zim uchun  ulug‘ baxt hisoblayman.