Lutfulloh Lutfiy
(1366-1465)
Abu Bakr Narshaxiy — Markaziy Osiyo tarixnavisligining ilk qadimiy durdonalaridan biri bo‘lmish «Tarixi Buxoro» deb shuxrat topgan nodir asarning muallifidir. U o‘z asarini 943—944 yillarda arab tilida yozgan.
«Buxoro tarixi»ning o‘zida ham boshqa tarixiy manbalarda ham muallifning hayoti va faoliyatiga doyr biror kengroq maʼlumot uchramaydi. Faqat XIII asr muallifi Samʼoniyning «Kitob ul-ansob» asarida uning to‘la ismi Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik ekanligi va u Buxoro ahlidan (Narshax qishlog‘idan) bo‘lib, 286 hijriy (899 melodiy) yili tavallud topgan va 348 (959) yili vafot etganligi eslatiladi.
Narshaxiyning bu kitobida asosan Buxoro vohasining obod bo‘lishi, ovchilik, baliqchilik va dehqonchilikning kasb etilishi, Numijkat, Poykand, Afshona, Varaxsha, Romiton, Vardona kabi qadimiy qishloqlarning barpo bo‘lishidan tortib, to Buxoro shahrining qad ko‘tarishigacha bo‘lgan muhim tarixiy voqealar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Kitobda Markaziy Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining o‘rnatilishi, Islom dinining tarqatilishi, otashparastlik va u bilan bog‘liq madaniy hayotning inqirozi, Muqanna — «Oq kiyimliklar» harakati, Somoniylar davridagi davlat idorasi, madaniy qurilishlar borasida turli-tuman qiziqarli maʼlumotlar keltirilgan; Buxoroning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotiga, ayniqsa, pul munosabatlariga, xiroj yig‘ish tizimiga oid maʼlumotlar bor. «Buxoro tarixi»da yer-suv munosabatlari haqida so‘zlar ekan, Narshaxiy qadimgi zamindorlarni “dehqonlar”, yaʼni “qishloqhokimlari”, ziroatchilarni “kashovarzlar”, yaʼni «yer haydovchi»—“qo‘shimchalar”, yirik yer egalariga qaram qishloq aholisini “kadivarlar” nomlari bilan ataydi. VIII—X asrlarda Buxoroda hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan bo‘lib, har bir qishloq o‘z mahsuli bilan shuhrat topgan.
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobi birgina Buxoro tarixini emas, balki butun Markaziy Osiyo tarixini o‘rganish uchun qimmatli tarixiy asardir (Kitboning o‘zbek tilidagi varianti ilova qilinadi). Shu bois, Markaziy Osiyo xalq-larining VIII—XII asrlarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarda Narshaxiy maʼlumotlari va uning hammuallifi, tarjimoni va muharriri Abu Nasr Ahmad Quboviyning qo‘shimchalari XIX asrdanoq keng foydalanib kelinmoqda, asarning nusxalari dunyo qo‘lyozmalar xazinalarida qo‘plab uchraydi. Birgini O‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 20 dan ortiq nusxa mavjud.
