Abu Bakr Qaffol Shoshiy
(904-976)
Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug‘lagan bu zotjir. Abu Bakr Qaffol Shoshiy ilmiy merosida “Javomiʼ al-kalim” (“Hikmatli iboralar to‘plami”) asari yetakchi o‘rin egallaydi. “Javomiʼ al-kalim” kitobi Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy qalamiga mansub bo‘lib, unda Rasululloh (s.a.v.) hadislari to‘plangan. Qaffol Shoshiy “Javomiʼ al-kalim” asarlarining xususiyatlarini qo‘lyozmada quyidagicha taʼriflaydi: “Bu kitobimda Rasululloh (s.a.v.) hadislari ichida eshitganlardan mingta so‘z (kalima) to‘pladim. Ularning tuzilishi murakkablikdan xoli, maʼnolari chigallikdan yiroq, payg‘ambar inoyati bilan qo‘llabquvvatlangan va tarbiyalanganligi sababli fasihlarning fasohatidan va balog‘at ahlining balog‘atidan ustundur. Men ularni o‘zlashtirish va eslab qolish maqsadida biri ikkinchisining ketidan keladigan, isnodlari olib tashlangan, so‘zlarning yaqinligiga ko‘ra boblarga bo‘lingan holda keltirdim”.
