Yaʼqub Charxiy
(1359-1447))
Mavlono Yaʼqub Charxiy Naqshbandiya taʼlimoti, turli diniy ilmga oid bir qancha asarlar yozadiki, bu yerda ularning ro‘yxatini keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
«Tafsiri Charxiy» («Charxiyning Qurʼonga qilgan tafsiri»).
«Risolai unsiya» («Do‘stlik haqida risola»).
«Ar-risolat ul-abdoliya» («Abdollar haqida risola»).
«Risola dar siyrati Mustafaviya va tariqai mustaqimiya» («Mustafoning siyratlari va to‘g‘ri yo‘llar haqida risola»).
«Risola dar ilmi faroyiz» («Farz narsalar haqida risola»).
«Risola dar aqoid» («Aqoid ilmi haqida risola»).
«Risola fi-l-hisob va-l-faroyiz» («Hisob va meros taqsimi haqida risola»).
«Muxtasar dar bayoni silsilai Nahshbandiya» («Naqshbandiya suluki haqida qisqacha risola»).
«Sharhi asmoulloh» («Alloh ismlarining sharhi haqida risola»).
«Sharhi nuvadu nuh nom» («Allohning to‘qson to‘qqiz ismining sharhi»).
«Faroyizi manzuma» («Nazmiy farz narsalar haqida»).
Charxiyni ko‘pchilik faqat Qurʼoni Karimga tafsir yozgan olim sifatidagina taniydi. Haqiqatan uning maqbarasi peshtoqiga «tafsirchi olim» deb yozib qo‘yilgan.
Asarlari ro‘yxatidan ko‘rinib turganidek, Charxiy Naqshbandiya silsilasini bayon qiluvchi aloxida risola ham yozgan. Bundan tashqari u «Risolai unsiya» («Do‘stlik haqida risola»)ni yozdiki, unda Xoja Bahovuddin bilan uchrashgani, uning taʼlim-tarbiyasi va tariqat yo‘lida buyurgan ishlarini mukammal bayon qilib, o‘z ustozlarining nomi va shuhratlarini yoyishga xizmat qildi. Shuningdek, uning kalamiga meros haqidagi risola ham mansubdir. Charxiy hijriy 851, melodiy 1447 yili vafot etgan. U Movarounnahr va Xurosonda tasavvufning hayotiy yo‘nalishlaridan bo‘lmish Naqshbandiya taʼlimotining keng yoyilishi va bu bilan umumiy madaniy yuksalish ishi yo‘lida xizmat qildi va bu yo‘lda o‘z hissasini qo‘shdi.
