Najmiddin Kubro
(1145-1221)
Najmiddin Kubro bir necha ilmiy asarlar va ruboiylar yozganki, ular juda ko‘p tazkiralarda uchraydi. U o‘z qarashlarini arab tilida yozgan bir qator risolalarida bayon qilgan.
Ulardan asosiylari «Favoʼih al-Jamol va favotih al-Jalol», «al-Usul al-ashara», «Risolat al-Xoʼif al-xaʼim min laumon al-laʼim» va boshqalardir. Bu asarlar arab mamlakatlari va Turkiyada bosib chiqarilgan. Uning arab tilida yozgan «Risolatun odob ul-zokirin» («Zikr aytuvchilar odobi haqidagi risola») asarining Abdurahmon Jomiyning shogirdi Abdul G‘ofur Loriy tomonidan fors tiliga qilingan tarjimasi bizgacha yetib kelgan va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida № 503-X raqami ostida saqlanmoqda. Bu asarning asli nomi arabcha «Al-Usul al-ashara» («o‘n usul» yoki «o‘n asos») deb ataladi. Turkiyada ushbu asar turk tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
